Goal24.uz » O'zbekiston » Ignatiy Nesterov «Lokomotiv»ni tark etib, «Qizilqum» mashg‘ulotlariga qo‘shildi

Ignatiy Nesterov «Lokomotiv»ni tark etib, «Qizilqum» mashg‘ulotlariga qo‘shildi

Автор: admin

Superliganing dastlabki 9 turini muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan Navoiyning «Qizilqum» jamoasi o‘z qarorgohida mavsumning qolgan qismiga puxta tayyorgarlik olib bormoqda.
Kuni kecha Navoiy jamoasi yozgi transfer oynasida tarkibda katta o‘zgarishlarga qo‘l urishi haqida xabar bergandik. Xususan, klub tajribali darvozabon Ignatiy Nesterov bilan muzokara o‘tkazib, kelishuvga erishdi. Mahoratli posbon payshanba kuni «Lokomotiv» safini tark etib, Toshkentdan Navoiyga yetib kelgan va jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Shuningdek, «temiryo‘lchilar» safidagi yarimhimoyachi Oybek Qilichev ham «oltin izlovchilar» bilan shartnoma tuzishga yaqin turibdi. 
Eslatib o‘tamiz, Superligada shartnoma tuzish uchun transfer oynasi 10-31 avgust kunlari ochiq bo‘ladi.
61   
Добавить комментарий
Ваше имя: *