Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Zeyedorf «Real»ning «Manchester Siti» bilan bahsdagi imkoniyatini baholadi

Zeyedorf «Real»ning «Manchester Siti» bilan bahsdagi imkoniyatini baholadi

Автор: admin

«Real»ning sobiq yarimhimoyachisi Klarens Zeyedorf Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida «Manchester Siti» bilan bahs oldidan «qaymoqranglilar»ning imkoniyatlarini baholadi.
«O‘ylashimcha, Zidan qaytgach jamoani tikladi va tanaffusdan keyin «Real» yanada ishonchli harakat qildi. «Barselona» esa restartdan so‘ng parchalanib ketganga o‘xshadi. Ramos va Benzema kabi futbolchilar g‘alaba qozonish imkoniyatini his qilsa, bu boshqalarga ham motivatsiya beradi. Serxio va Karim – jamoaning asosiy o‘yinchilari, lekin barcha o‘yinchilar o‘zlarini ajoyib tarzda namoyish etishdi.
Agar oldingi o‘yin natijasini hisobga olmasangiz, «Real»ni turnir favoritlaridan biri sifatida ko‘rish mumkin. «Manchester Siti» ham xuddi shunday. Biz dunyoning eng yaxshi jamoalari haqida gapiryapmiz. 
«Real» vaziyatni o‘nglashi qiyin bo‘ladi, ammo imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Agar mavsumning o‘rtasi bo‘lganda «Manchester Siti»da jismoniy jihatdan muammolar bo‘lishi mumkin edi. «Real» keyingi bosqichga chiqishi mumkin, ammo bu qiyin bo‘ladi», – deb Zeyedorfning so‘zlarini keltiradi Stats Perform News.
«Manchester Siti» – «Real» o‘yini 7 avgust kuni, ya’ni bugun tunda bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yinda «qirollik klubi» o‘z maydonida  1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *