Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” “Napoli”ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi

“Barselona” “Napoli”ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi

Автор: admin

“Barselona” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan “Napoli”ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Kike Setyen qaydnomaga 22 nafar futbolchini kiritdi. Ularning yetti nafarini “Barselona B” o‘yinchilari tashkil etdi.
Yarim himoyachilar Arturo Vidal va Serxio Buskets diskvalifikatsiya sabab o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Yana bir yarim himoyachi Artur esa “Barselona” tasarrufiga yetib kelmagan. Shuningdek, Usmon Dembele jarohati sabab qaydnomaga kiritilmagan.

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto, Inyaki Penya;
Himoyachilar: Serxi Roberto, Nelson Semedu, Xerard Pike, Xordi Alba, Xunior Firpo, Kleman Langle, Ronald Arauxo, Oskar Mingesa;
Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Frenki de Yong, Rikard Puch, Monchu, Ludovit Reys, Xandro Orelyana;
Hujumchilar: Lionel Messi, Luis Suares, Antuan Grizmann, Anssumane Fati, Konrad de la Fuente.
“Barselona” va “Napoli” jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 8-avgustdan 9-avgustga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalarning Neapoldagi o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.
86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *