Goal24.uz » O'zbekiston » Diyor Imomxo‘jayev: “Viloyat markazida 8 ta futbol maydoni turganda xalqaro talablarga javob beradigan stadionda test o‘tkazish mantiqsizlik”

Diyor Imomxo‘jayev: “Viloyat markazida 8 ta futbol maydoni turganda xalqaro talablarga javob beradigan stadionda test o‘tkazish mantiqsizlik”

Автор: admin

Professional futbol Ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev sentabr oyida Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi stadionlarda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazish borasida chiqarilgan qarorga o‘z munosabatini bildirdi.
“Cho‘x go‘zel”, o‘rtoqlar. 999 ta muammo bor vaqtda, yana bitta qo‘shilsa, hech narsa qilmaydi, qolaversa bu prezident topshirig‘i, mamlakatda vaziyat shunday. Faqat bitta jihatga e’tibor qaratish kerakki, birinchi galda sun’iy qoplamali maydonlar, 2-liga maydonlari va hokazolardan foydalanish mumkin. Test sinovlari ularning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi.
Hozir esa “Nasaf” futbol klubining asosiy stadioniga partalar kelishni boshladi. Masalan, Qarshida mana shuncha stadion bor:
  • “Markaziy” sun’iy maydoni
  • “Dinamo” stadioni
  • “Geolog” stadioni
  • Olimpiya zaxiralari kolleji maydoni
  • Bank kolleji maydoni
  • Axborot kolleji maydoni
  • Qarshi davlat universiteti maydoni
  • “Mehnat” stadioni
Mana shuncha joy turgan vaqtda xalqaro talablarga javob beradigan “Nasaf” maydonida imtihon o‘tkazish mantiqsizlik. Uning rekonstruksiyasi uchun ham davlatning o‘zi pul ajratgan. Yaxshi futbol maydoni uchun kamida 2 yil vaqt va 600 ming dollardan kam bo‘lmagan mablag‘ kerak. Bir necha kunlik test shunga ko‘z yumish uchun as qotsa, demak barcha futbol maydonlaridan foydalanaverish mumkin.
O‘qish, olim bo‘lish albatta futboldan muhim. Ammo barpo etilgan va bir necha yillik mehnat singgan katta maydonlarni toptash kerak emas. Buning muqobil yechimlari albatta bor
Diyor Imomxo‘jayev, PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi
Biroz o‘tib Imomxo‘jayev Qashqadaryodan aloqa chiqishgani va “Nasaf”ning asosiy stadionida test o‘tkazilmasligini ma’lum qilishgani haqida xabar qildi.
87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *