Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Milan” hujumchisi nishonda
 
Milanning “Milan” jamoasi hujumchisi Rafayel Leau yozda grand klublardan biriga o‘tishi mumkin.
TMW nashrining ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbolchining hizmatlari bilan “Yuventus” jiddiy qiziqib qolgan. Turin klubi Iguainning o‘rnini aynan Leau bilan to‘ldirishni reja qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir mavsum ilgari “Milan” “Lill”ga hujumchi uchun 35 million yevro to‘lagan edi.
Lemar ketadimi?
 
Madridning “Ateltiko” klubi yarim himoyachisi Tommi Lemar tez orada boshqa klub libosini kiyishi mumkin.
“Le10sport”ning ma’lum qilishicha, Lemar bilan bir nechta APL klublari jiddiy qiziqib qolgan. Ayniqsa, “Everton” klubi ustozi Karlo Anchelotti fransuzni o‘z jamoasida ko‘rish ishtiyoqida yonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” Lemarni qo‘lga kiritish uchun “Monako”ga 72 million yevro pul o‘tkazib bergan edi.
“Valensiya” yetakchini yo‘qotadimi?
 
Ispaniyaning “Valesniya” klubi Ferran Torresdan so‘ng, yana bir yetakchisini qo‘ldan boy berishga yaqin turibdi.
Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, jamoa hujumchisi Rodrigo “Nyukasl” klubi nishonida. Ma’lumotlarga qaraganda, ingliz klubi allaqachon rasman hujumchi uchun 35-40 million yevro atrofida taklif yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda Rodriga “La Liga”ning 27 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol+9 ta assistni yozdirib qo‘ydi.
Keyta qoladimi?

Angliyaning “Liverul” klubi Tiago Alkantarani qo‘lga kiritish uchun Nabi Keytani “qurbon” qilishi mumkin.
“Kicker” nashrining ma’lum qilishicha, ingliz klubi “Bavariya” yarim himoyachisini qo‘lga kiritish maqsadida Myunhen jamoasiga o‘z futbolchisini taklif etmoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, agar “Bavariya” Keytani istamsa, “Liverpul” uni transferga qo‘yadi va qo‘lga kiritilgan pullar evaziga Tiago Alkantaraning transferini sotib oladi.
Gvineyalik futbolchining ayni damdagi transfer qiymati 40 millioni tashkil etmoqda.
“Renn” “Chelsi” futbolchisi bilan aloqada
 
Fransiyaning “Renn” klubi “Chelsi” himoyachisi Fikayo Tomori bilan shartnoma imzolamoqchi.
“L’equipe”ning ma’lum qilishicha, “Renn” YECHLda munosib ishtirok etish maqsadida shu kunlarda o‘z tarkibini keskin kuchaytirish maqsadida.
Manbaning ma’lum qilishicha, Tomori o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida ham “Renn”dan kelib tushgan taklifni ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Tomori bu mavsumda APLning 15 ta o‘yinida maydonga tushdi va golli vaziyat sodir etmadi.
156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *