Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Qimmatlab ketgan futbolchilar (top 7)

Qimmatlab ketgan futbolchilar (top 7)

Автор: admin

Goal24.uz transfermarket portali bergan ma’lumotlarga suyangan holda 2019/20-yilgi mavsumdan so‘ng narxi keskin ko‘tarilib ketgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.
7. Lukas Okampos +35 mln yevro

2019-yilning yozida “Marsel”dan “Sevilya”ga 15 million evaziga ko‘chib o‘tgan Okampos o‘z faoliyatidagi eng zo‘r mavsumni o‘tkazdi.
Andalussiya klubi safida 33 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi 14 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qildi va Argentina terma jamoasidan chaqiruv oldi.
Ayni damda 26 yoshli futbolchi bilan “Inter”, “Arsenal” va “inter” shartnoma imzolash orzusida.
6. Diyego Karlos +37 mln yevro
 
Bugungi ro‘yxatimizdagi ikkinchi "Sevilya” futbolchisi.
Braziliyalik markaziy himoyachi Okampos singari o‘tgan mavsumda jamoa safiga kelib qo‘shilgan edi.
Birinchi uchrashuvlardayoq asosiy tarkibga loyiq ekanligini namoyish etgach, mavsumni to‘liq o‘tkazdi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, uning hizmatlari bilan “Manchester Siti” qiziqib qolgan, biroq “Sevilya” o‘z futbolchisini sotishni istamagan.
5. Meyson Grinvud +45 mln yevro

“Manchester Yunayed” tineyjeri o‘zining ilk mavsumidayoq 17 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi.
Bu esa, uning transfer qiymatini 0 dan 45 millionga qadar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi..
Bugungi kunda “qizil iblislar” muxlislari Grinvudni kelajakdagi jamoaning yetakchisi sifatida qadlashmoqda.
Yaqindagina, hujumchi klub bilan o‘rtadagi shartnomani 2026-yilga qadar cho‘zdi.
4. Renan Lodi +46 mln yevro
 
O‘tgan yozda Lodi Ispaniyaga ko‘chib o‘tganida, ko‘pchilik uning imkoniyatlarini past baholagan edi.
Hech kim uning Simionening talablariga javob berishini taxmin qilmagan edi, biroq Renan barchani hayratda qoldirdi.
Qahramonimiz bir mavsumda 46 millionga qimmatlab ketdi va Braziliya terma jamoasining asosiy himoyachisiga aylandi.
3. Fati +50 mln yevro

O‘tgan mavsumda sal bo‘lmasa “Barselona” o‘z marvaridini “Arsenal”ga qo‘yib yuborishi mumkin edi, lekin Fatining ota-onasi Londonga ko‘chib o‘tishni istamadi.
Ko‘p o‘tmay Dembele va Suaresda jarohat kuzatildi. Oqibatda, Fatiga imkon berildi u esa, darrov gol kiritib ishonchni oqladi.
E’tiborlisi shundaki, Fati bu mavsumda 50 million yevroga qimmatlab ketdi va klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Endi u o‘z tenguqrlari ichidagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga ayalandi.
2. Alfonso Deyvis +50 mln yevro
 
Bu mavsum kashfiyoti deb nomlashga haqli futbolchi David Alabani qanotdan surib tashlashga muvaffaq bo‘ldi.
19 yoshli kanadalik yigitcha mavsumni shunchaki “bomba” tarzida o‘tkazdi va Bundesliganing eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
Bundan tashqari, u Bundesliga o‘yinalridan birida soatiga 36,6 km tezlikda yugurishga muvaffaq bo‘ldi. Bu mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatgich sifatida rasman tan olindi.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan mavsumdan so‘ng, Alfonso bilan “Bavariya” shartnomani 2025-yilga qadar cho‘zdirishga qaror qildi.
1. Erling Xoland +67 mln yevro

Butun futbol olamida mavsum kashfiyotiga aylangan Xoland bu borada ham barchadan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Bir mavsumda 67 millionga (+1340%) qimmatlagan hujumchi mavsumni ikkita klubda o‘tkazdi. Qishga qadar “Red Bul Zalsburg”futbolchisi bo‘lgan bo‘lsa, qishdan so‘ng “Borussiya” a’zosiga aylandi. E’tiborlisi u ikkita jamoada ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va ishonch bilan gollar kiritishda davom etdi.
Bu mavsumda 40 ta o‘yinda maydonga tushga Erling 44 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi va “Real” nishoniga aylandi.
82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *