Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Milan» «Arsenal» yarimhimoyachisiga qiziqmoqda

«Milan» «Arsenal» yarimhimoyachisiga qiziqmoqda

Автор: admin

«Arsenal» yarimhimoyachisi Lukas Torreyra A Seriyaga qaytishi mumkin.

The Telegraph'ning yozishicha, 24 yoshli urugvaylikka «Milan» qiziqmoqda. «Rossoneri» 2019 yil yozida ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga uringandi.
O‘z navbatida «to‘pchilar» yarimhimoyachini sotishga tayyor, chunki klubga rejalashtirilgan transferlar uchun pul kerak.
Ma’lumot o‘rnida, «Arsenal» Torreyrani 2018 yili 30 mln yevro evaziga «Sampdoriya»dan sotib olgandi. U o‘tgan mavsumda APLda 29ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.
99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *