Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard: «Chelsi» «Bavariya» bilan o‘yinda uchta gol farqini yo‘qota olishiga ishonaman»

Lempard: «Chelsi» «Bavariya» bilan o‘yinda uchta gol farqini yo‘qota olishiga ishonaman»

Автор: admin

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi doirasidagi «Bavariya» bilan o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Shanba oqshomida biz uchta gol farqini yo‘qqa chiqara olishimizga ishonaman. Aks holda biz bu bosqichgacha yetib kela olmasdik. Vaziyatni o‘zgartira olishimizga ishonishimiz shart. Maydonda oxirigacha kurashish uchun eng avval futbolchilarimiz o‘zlarini bunga ishontirishlari kerak.
Bu vazifani uddalash juda qiyin ekanligi shubhasiz. Ammo bu amalga oshirib bo‘lmas ish emas, tarix bunday o‘yinlarga boy. Biz ham mo‘’jiza ko‘rsata olishimiz mumkinligini isbotlashga harakat qilamiz. Bizdan talab etiladigani o‘yinga ruhan to‘g‘ri tayyorgarlik bilan tushish», - deya Lempardning so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Londondagi dastlabki uchrashuvda «Chelsi» «Bavariya»ga 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
61   
Добавить комментарий
Ваше имя: *