Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Transfer oynasi ochilishiga ham oz fursat qolmoqda. Bugun kunning eng muhim transfer yangiliklari bilan tanishtirib o‘tamiz.
“Kristal Pelas” Zaha borasida bir qarorga keldi

Londonning “Kristal Pelas” jamoasi o‘z hujumchisi Vilfred Zaha borasida yakuniy qarorni qabul qildi. "The Sun" nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, jamoa o‘z futbolchisini qishki transfer oynasi ochilishi bilan sotib yubormoqchi.
 
Angliya terma jamoasi a’zosi sanalmush Zahaning o‘zi ham tezroq top klublardan biriga o‘tishni istamoqda. Hozircha, klub Zaha uchun 80 million yevro talab qilmoqda. Ayni damda hujumchi bilan Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” jiddiy qizib qolgan. Lempardning o‘zi futbolchini sotib olishni rahbariyatdan iltimos qilgan.
Zahaning “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lsada, futbolchi tezroq jamoasini almashtirish uchun kichikroq maosh olishga ham qarshi emas.
Erling Holand transferi oydinlashmoqda

Norvegeyalik hujumchi Erling Holand borasidagi mish-mishlar tobora ko‘payib borayotganidan xabaringiz bor. Bugun tongda uning trasnferi borasidagi yangi ma’lumotlar oshkor qilindi.
“The Sun” nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Red Bull Zalsburg» o‘z hujumchisini 90 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Bundan tashqari, klub hujumchini kim harid qilishidan qat’iy nazar, uni mavsum so‘nggiga qadar o‘z jamoasida ijara asosida olib qolishni rejalashtirmoqda. Agarda, bu shartlarga rozi bo‘luvchi jamoa topilmasa, «Red Bull Zalsburg» hujumchini sotmoqchi emas.
Manbaning xabar berishicha, ayni damda hujumchi uchun kurashda “Manchester Yunayted” yaqqol fovorit bo‘lib turibdi. “Qizil iblislar” ustozi Ole Gunnar Sulsher futbolchi bilan uchrashib, uni o‘z jamoasiga taklif qilishga ham ulgurdi.
Ibrahimovich seriali davom etadi

Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovichning tez orada “Milan” safida ko‘rinish berishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tgan edik. Bugun “Web Tutto Mercato Web” mashri futbolchiga oid yangi transfer ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Unga ko‘ra, Ibra yana APLga qaytishi mumkin ekan. Uning yangi jamoasi bo‘lishi kutilayotgan “Everton” va futbolchining agenti o‘rtasida qizg‘in muzokaralar ketmoqda. Shvedning o‘zi bu haqida ma’lumot bermagan bo‘lsada, uning agentini Liverpul shahrida ko‘rishgan.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan va «Los-Andjeles Gelaksi» o‘rtasida tuzilgan shartnoma dekabr so‘nggida o‘z yakuniga yetadi va Ibrahimovich erkin agentga aylanadi.
Leroy Sane ortga qaytmoqchi

Ayni damda jarohatidan forig‘ bo‘lish bilan band bo‘layotgan Leroy Sanening kelajagi mavhumligicha qolmoqda.
“Bild” nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Sane “Manchester Siti” rahbarlaridan qishki transfer chog‘ida o‘zini “Bavariya”ga qo‘yib yuborishlarini so‘ragan. Ayni damda mashg‘ulotlarga qaytgan futbolchi o‘zini yahsh his qilayotgan bo‘lsada, Gvardiola uning sport formasidan qoniqmayapti. Shu sababli, Sane o‘yinlar chog‘ida qaydnomadan ham joy olishni uddalay olmayapti.
Uning agenti bergan ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” Sanening transfer qiymatini pasaytisa, “Bavariya” uning transferiga yana qaytishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Myunhen klubi Saneni ijaraga olish variyantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda “Bavariya” Sane borasida “Manchester Siti”ga bir nechta taklif yuborgan, “Siti” esa, futbolchi uchun 127 million yevro talab qilgan edi. Oqibatda, tejamkor “Bavariya” Sane transferidan voz kechishgan majbur bo‘lgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas.
“Milan” “Barselona” himoyachisini qo‘lga kiritmoqchi

Italiyalik taqniqli journalist Djanluki Di Marsio xabar berishicha, “Milan” qishki transferlar chog‘ida “Barselona” jamaosi himoyachisi Todibo bilan jiddiy qizib qolgan. “Barselona” tarbiyalanuvchisi sanalmush 19 yoshlik futbolchi klub akademiyasidagi yetkachi kadrlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan edi. Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Milan” futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. “Barselona” esa, kelajakda qaytarib sotib olish sharti bilangina himoyachini qo‘yin yubormoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” uni 25 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar transfer oynasi ochilguniga qadar yakunlanish kutilmoqda.
500   
Добавить комментарий
Ваше имя: *