Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi: «O‘yinimizda o‘zgarish qila olmasak, «Napoli»ni mag‘lub eta olmaymiz»

Messi: «O‘yinimizda o‘zgarish qila olmasak, «Napoli»ni mag‘lub eta olmaymiz»

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi doirasidagi «Napoli»ga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Avvalroq ham aytgandim, yana takrorlayman: agar La Liga so‘nggi turlarida o‘ynagandek to‘p sursak, o‘tgan mavsumdagi ro‘y berganidek Chempionlar ligasida g‘olib bo‘la olmaymiz. Oxirgi o‘yinlardagi harakatlarimiz hattoki naqddek ko‘ringan Ispaniya chempionati chempionligini qo‘lga kiritishimiz uchun ham yetarli bo‘lmadi. Xatolardan xulosa qilmay, o‘yinimizda o‘zgarish qila olmasak biz «Napoli»ni mag‘lub eta olmaymiz», - deya Messining so‘zlarini keltirmoqda Goal.com.
Ma’lumot uchun, «Barselona» — «Napoli» uchrashuvi bugun, 8 avgust kuni «Kamp Nou»da o‘tkaziladi. Uchrashuv soat 23:59da boshlanadi. Italiyadagi dastlabki bahsda durang qayd etilgan – 1:1.
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *