Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» bosh murabbiyligiga nomzod ma’lum bo‘ldi

«Yuventus» bosh murabbiyligiga nomzod ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Yuventus» va Italiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Andrea Pirlo Turin klubi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda Sky Sport Italia.

Manbaning yozishicha, «Yuve» Chempionlar ligasini nimchorak finaldayoq tark etgani sababli iste’foga chiqarilgan Mauritsio Sarri o‘rnini Andrea Pirlo egallashi kutilmoqda. 41 yoshli sobiq futbolchi bir hafta avval «Yuventus» yoshlar jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlagandi. Qolaversa, Andrea klub egalari sanalmish Anellilar oilasi bilan yaqin munosabatda.
Ma’lumot uchun, Pirlo 2011-2015 yillar davomida «Yuventus» sharafini himoya qilib, 164 o‘yinda 19ta gol, 38ta assistga mualliflik qilgan hamda Turin jamoasi bilan 4 marta A Seriya g‘olibiga aylangan.
Avvalroq, «Yuventus» bosh murabbiyligi uchun Simone Indzagi va Maurisio Pochettinoning nomzodlari ko‘rilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
81   
Добавить комментарий
Ваше имя: *