Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Andrea Pirlo «Yuventus» bosh murabbiyi qilib tayinlandi

Andrea Pirlo «Yuventus» bosh murabbiyi qilib tayinlandi

Автор: admin

«Yuventus» yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi.
Klubning sobiq futbolchisi, 41 yoshli Andrea Pirlo shu lavozimga tayinlandi.
Avvalroq, Pirloning «Yuventus U23» bosh murabbiyi bo‘lishi haqida qaror qabul qilingan edi. Ammo asosiy jamoa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida «Lion» to‘sig‘idan o‘ta olmagach, bosh murabbiy Mauritsio Sarri iste’foga chiqarib yuborildi. «Yuventus» rahbariyati esa yosh mutaxassisga asosiy jamoani topshirishga qaror qildi.
Andrea Pirlo 2011-2015 yillarda futbolchi sifatida «Yuventus» sharafini himoya qilgan va 120ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urgan.
108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *