Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Koutino «Barselona»dan o‘zining transferi borasida muzokaralar olib bormaslikni so‘radi

Koutino «Barselona»dan o‘zining transferi borasida muzokaralar olib bormaslikni so‘radi

Автор: admin

«Barselona»ga tegishli bo‘lgan, «Bavariya»da ijarada o‘ynayotgan yarimhimoyachi Filippe Koutinoning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.
Braziliyalik futbolchi yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi mumkin. Ammo Koutino «Barselona»dan hozircha muzokaralar olib bormaslikni so‘radi, chunki u bor e’tiborini Chempionlar Ligasiga qaratmoqchi.
«Bavariya» turnirda kurashni davom ettirmoqda va bugun, 8 avgust kuni 1/8 finalning javob o‘yinida «Chelsi»ni qabul qiladi. Birinchi bahsda myunxenliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Barselona» va «Arsenal» o‘rtasida 28 yoshli xavbekning transferi borasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgani aytilgandi.
98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *