Goal24.uz » Transfer » Koutinyo “Arsenal”da!

Koutinyo “Arsenal”da!

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Rays «Chelsi»da

Londonning “Chelsi” klubi “Vest Hem” yarim himoyachisi Deklan Rays bila shartnoma imzolash niyatidan qaytmayapti.
“Daily Exspress”nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” “bolg‘achilar” futbolchisni yoz mobanida qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda, lekin “Vest Hem” uning transfer qiymatini kamaytirmayapti.
Klub 65 milliondan kamiga 21 yoshli futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas. Shu sababli, “Chelsi” Jorjinoni transferga qo‘yishga qaror qildi. Manbaning ma’lum qilishicha, “Chelsi” tayanch yarim himoyachisining transferidan 40 million yevro ishlab olmoqchi.
Koutinyo “Arsenal”da

Londoning “Arsenal” jamoasi Koutinoni qo‘lga kiritishga tobora yaqinlashib kelmoqda. “TheSun” nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi allaqachon “koninirlar” mashg‘ulotlar bazasida bo‘lgan va shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, endi faqat ayrim qog‘ozlarni to‘ldirishgina Filippeni London klubi futbolchisi bo‘lishdan ajratib turibdi.
Manba ushbu transferning summasi haqida ma’lumot berganicha yo‘q, lekin katta ehtimol bilan “Arsenal” yarim himoyachini sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga oladi.
U “Milan”ga qaytmoqchi
 
“Chelsi” yarim himoyachisi Temmi Bakayoko faoliyatini Milan shahrida davom ettirish niyatida ekanligini yashirib o‘tirmayapti.
Futbolchining agenti bergan xabarlarga ko‘ra, Bakayoko “Milan”da to‘p tepish uchun o‘z maoshining ikki barobar kamayishiga ham rozi. U o‘zini “rossonerilar” safida ishonchli his qilgani uchun “Chelsi”ga qaytishni istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsumni Bakayoko ijara asosida “Monako” klubida o‘tkazdi.
David Silva Rimga ko‘chadimi?
 
Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi David Silva faoliyatini “A Seriya”da davom ettirishga juda yaqin turibdi.
Ayni damda, tajribali pleymeyker bilan “Lasio” klubi jiddiy qiziqib qolgan va allaqachon o‘z taklifini jo‘natgan. Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, “burgutlar” allaqachon Silva bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan bo‘lib, David 3 yil davomida Rim klubi sharafini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Silva ayni damda erkin agent maqomida. Qahramonimiz 10 yil davomida “Manchester Siti” sharafini himoya qildi va endi o‘z kelajagi borasida tanlov qabul qilishi mumkin.
Bayi “Milan”da?!
 
Milaning “Milan” klubi “Manchester Yunayted” bilan Erik Bayi borasida muzokaralarga kirishish arafasida turibdi.
“DiarioSport”ning ma’lum qilishicha, 26 yoshli himoyachi “Manchester Yunayted”da o‘zini ko‘rsata olmagach, imkoniyatlarini boshqa birinchilikda sinab ko‘rishga qaror qilgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar Yevropa Ligasi musobaqasi yakunlangach, transfer shartlarini kelishib oladi.
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *