Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YeCHL. Chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi

YeCHL. Chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Chempionlar Ligasida chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi. Bugungi o‘yinlarda mos ravishda «Napoli» va «Chelsi»ni mag‘lub etgan «Bavariya» hamda «Barselona» chorakfinalda o‘zaro to‘qnashadigan bo‘ldi. Bir kun oldin «Manchester Siti» va «Lion» ham chorakfinal yo‘llanmasini naqd qilgandi.
Shu tariqa chorakfinal juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:
«Atalanta» – «PSJ»
«Leypsig» – «Atletiko»
«Manchester Siti» – «Lion»
«Barselona» – «Bavariya»

Chorakfinalda g‘olib bo‘lgan jamoalar yarimfinalda kim bilan o‘ynashi ham aniq. «Atalanta» – «PSJ» o‘yini g‘olibi final yo‘llanmasi uchun «Leypsig» – «Atletiko» juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi. «Manchester Siti» – «Lion» o‘yini g‘olibi esa yarimfinalda «Barselona» yoki «Bavariya»ga qarshi o‘ynaydi.
YeCHL chorakfinalidan boshlab barcha to‘qnashuvlar bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi va o‘yinlarning hammasi Portugaliyaning Lissabon shahrida o‘tkaziladi.
92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *