Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YeCHLda haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlar to‘rtligi ma’lum

YeCHLda haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlar to‘rtligi ma’lum

Автор: admin

UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o‘yinlarining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz berish jarayonlarini boshladi.
G‘oliblikka 4 o‘yinchi da’vogarlik qilmoqda – Kayl Uoker («Manchester Siti»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Lionel Messi («Barselona») va Robert Levandovski («Chelsi»).
«Manchester Siti» himoyachisi Kayl Uoker «Real»ga (2:1) qarshi o‘yinda raqiblardan 1 marta to‘pni olib qo‘ydi va uning bergan uzatmalari aniqligi 85 foizni tashkil etdi.
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Lion» (2:1) bilan o‘yinda dubl qayd etdi.
«Barselona» sardori Lionel Messi «Napoli»ga (3:1) qarshi bellashuvda gol urdi va penalti ishladi.
«Bavariya» forvardi Robert Levandovski «Chelsi» (4:1) bilan bahsda 2ta to‘p kiritdi va 2ta golga assistentlik qildi.
73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *