Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Pirlo «Yuventus»ning 3 o‘yinchisini sotib, tarkibga tuzatishlar kiritmoqchi

Pirlo «Yuventus»ning 3 o‘yinchisini sotib, tarkibga tuzatishlar kiritmoqchi

Автор: admin

«Yuvnetus»ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo bir nechta futbolchilarni sotgan holda tarkibga tuzatishlar kiritishni rejalashtirmoqda, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira «tvitter»dagi sahifasida.
Xususan, mutaxassis hujumchi Gonsalo Iguain, shuningdek, yarimhimoyachilar, Sami Xedira va Duglas Kostadan qutulishni rejalashtirmoqda. O‘z navbatida italiyalik murabbiy markaziy hujumchi va yarimhimoyachi sotib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni Turin klubi Mauritsio Sarrini iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Pirloni bosh murabbiy etib tayinladi. 41 yoshli mutaxassis uchun «Yuventus» begona emas. U «keksa sinora» safida 2015 yildan 2019 yilgacha o‘ynagan va 4 bor A Seriya chempionligini qo‘lga kiritgan.
61   
Добавить комментарий
Ваше имя: *