Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «PSJ» Kulibaliga yillik 12 million yevro maosh taklif qildi

«PSJ» Kulibaliga yillik 12 million yevro maosh taklif qildi

Автор: admin

«Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini «Pari Sen-Jermen» klubida davom ettirishi mumkin, deya yozmoqda Footmercato.
Manbaning xabariga ko‘ra, parijliklar 28 yoshli himoyachiga yillik 12 million yevro maosh taklif qilishgan. Senegalllik futbolchi o‘tgan mavsum Fransiya chempioni taklifini rad etgan bo‘lsa, bu safar «PSJ»ning taklifini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan. «Pari Sen-Jermen» rahbariyati ushbu futbolchini 35 yoshli braziliyalik himoyachi Tyago Silvaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Kulibali ushbu mavsumda 20 o‘yinda maydonga tushdi. Afrikalik himoyachining «Napoli» bilan shartnomasi 2023 yilgacha imzolangan. Futbolchining transfer bozoridagi bahosi 75 million yevroni tashkil etadi.


136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *