Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Edinson Kavani faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi

Edinson Kavani faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani faoliyatini “Benfika”da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Tankredi Palmeri xabar tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, Kavani portugal klubi bilan kelishuvga erishgan. Uning yangi klubidagi yillik maoshi 9 million yevroga teng bo‘ladi.
Avvalroq Kavaniga asosiy da’vogar “Roma” bo‘lib turgani va Italiya klubi iyun oyida unga 3 yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Edinson Kavani 2013-yildan beri PSJ safida to‘p surib keladi. Iyul oyida o‘rtadagi shartnoma yakunlangach, tomonlar kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qildi. Hujumchi Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi 1 ta golga hammualliflik qildi.
33 yoshli Kavani bungacha “Palermo” va “Napoli” klublarida to‘p surgan.
“Benfika” Portugaliya chempionatini 2-o‘rinda yakunladi va Chempionlar Ligasi saralash bosqichida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
123   
Добавить комментарий
Ваше имя: *