Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Manba: Ronaldu «PSJ»ga o‘tmoqchi

Manba: Ronaldu «PSJ»ga o‘tmoqchi

Автор: admin

«Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin jamoasini tark etishi mumkin, deya yozmoqda Foot Mercato nashri.
Manbaning xabar tarqatishicha, 35 yoshli portugaliyalik hujumchi Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlik va klubdagi murabbiylar o‘zgarishidan so‘ng keyingi mavsumda Italiya A Seriyasida faoliyat olib borish fikridan qaytgan va o‘z agenti Jorje Mendeshdan boshqa klub vakillari bilan muzokara olib borishni so‘ragan.
Ronaldu «Yuventus»dan «PSJ» safiga borib qo‘shilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Jorje Mendesh Parij klubi sport direktori Leonardo bilan yaxshi aloqada. Nashr manbalarining tasdiqlashicha, Leonardo va Mendesh bu borada allaqachon gaplashib olishgan.
Ronalduning agenti Jorje Mendesh va «PSJ» klubi rahbariyati Chempionlar ligasi keyingi bosqichlari o‘tkaziladigan Lissabonda uchrashib, ushbu transfer borasida muzokara olib borishi kutilmoqda. 
Ma’lumot uchun, «Yuventus» A Seriyadagi chempionlikka qaramay, Chempionlar ligasini 1/8 final bosqichida tark etganligi sababli klub bosh murabbiyi Mauritsio Sarri iste’foga chiqarilib, Andrea Pirlo bosh murabbiy etib tayinlangandi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *