Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Gerta» Oston O‘runov uchun «Spartak»ka 5 million yevrolik rasmiy taklif jo‘natgan

«Gerta» Oston O‘runov uchun «Spartak»ka 5 million yevrolik rasmiy taklif jo‘natgan

Автор: admin

Moskvaning «Spartak» klubi yarimhimoyachisi Oston O‘runovga Germaniya Bundesligasi klubidan taklif kelib tushgan.
Rossiya milliy jamoasi sobiq matbuot kotibi, taniqli sharhlovchi Ilya Kazakovning xabar berishicha, Berlinning «Gerta» klubi Oston O‘runovga 5 million yevro taklif qilgan. Nemis jamoasi o‘zbekistonlik futbolchi borasida Moskva klubiga rasmiy taklif jo‘natgan. 
Eslatib o‘tamiz, «Spartak» 5 avgust kuni O‘runovni «Ufa»dan transfer qilinganligini e’lon qilgan edi. Transfer mablag‘i 1,5 million yevro miqdorida ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Oston Moskva jamoasi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan.
Ma’lumot uchun, «Gerta» yakuniga yetgan Bundesliga bahslarida 10-o‘rinni egallagandi.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *