Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messining jarohati jiddiymi? Xulosa ma’lum bo‘ldi

Messining jarohati jiddiymi? Xulosa ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Oldinroq "Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Napoli"ga qarshi o‘yinda jarohat olganligi va "Bavariya"ga qarshi YECHL 1/4 finali o‘yinida qatnasha olmasligi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Ispan matbuotiga ko‘ra, "Barselona" sardorining jarohati jiddiy emas, deb topilgan. Ta’kidlanishicha, barchasi Messiga bog‘liq va u Chempionlar Ligasi chorak finalida "Bavariya" bilan qarama-qarshilikda o‘z jamoasiga yordam berishga tayyor. Ushbu uchrashuv 14 avgust, juma kuni (Toshkent vaqti bilan 00:00) bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019/2020 yilgi mavsumda chorak final bosqichidan boshlab jamoalar bittadan o‘yin o‘tkazishadi.
Manba: football24.ru
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *