Goal24.uz » O'zbekiston » Diyor Imomxo‘jayev: «2021 yildan klublar kamida ikki yulduzli akademiyaga ega bo‘lishi shart»

Diyor Imomxo‘jayev: «2021 yildan klublar kamida ikki yulduzli akademiyaga ega bo‘lishi shart»

Автор: admin

2021 yildan boshlab o‘zbek klublari kamida ikki yulduzli akademiyaga ega bo‘lmasa, legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolashga ruxsat etilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev xabar tarqatdi.

"Klublar qoshidagi futbol maktablari va akademiyalarini 5 xil ko‘rinishda tavsiflab beruvchi reglament tez orada tayyor bo‘ladi. Rejamizga ko‘ra, kamida ikki yulduzli akademiya talablariga javob bera olmaydigan futbol klublariga 2021 yildan boshlab legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolashga ruxsat etilmaydi", — deya yozdi Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegram-kanali orqali.
Manba: @diyorimamkhodjaev
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *