Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Eski Pirlo" "yangi Pirlo"ni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi

"Eski Pirlo" "yangi Pirlo"ni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi

Автор: admin

Uni Turinda kutishyapti.
"Breshiya" yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 20 yoshli italiyalik futbolchini shaxsan turinliklar bosh murabbiyi Andrea Pirlo tarkibda ko‘rishni xohlamoqda. Ushbu transfer esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Aytish lozimki, aksariyat mutaxassislar Tonalini “yangi Pirlo” deya tilga olishni boshlab yuborishgan edi. Unga esa “Inter”dan ham qiziqishlar bor.
Tonali yakunlangan mavsum “Breshiya” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *