Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Rasman: Villian ham “CHelsi” bilan xayrlashdi

Rasman: Villian ham “CHelsi” bilan xayrlashdi

Автор: admin

Avvalroq, ispaniyalik yarim himoyachi Pedroning klubni tark etayotgani haqida xabar qilgandik.
Endi esa Villian jamoadan ketayotganini elon qildi.
Ajoyib 7 yil. 2013 yilning avgustida “CHelsi”dan taklif olgach, men shu erda o'ynashim kerakligiga amin bo'lgandim. Hozir esa bu qaror qanchalik to'g'ri bo'lganini tushunmoqdaman. Baxtli lahzalar juda ko'p bo'ldi, shuningdek, qayg'uli damlar va kuboklar ham. Biroq, hech qachon zerikarli bo'lmagan. Aynan mazkur jamoada men yaxshi inson bo'ldim.
Oldinga intilish vaqti keldi. Jamoalarimni sog'inaman albatta. Menga xuddi o'z farzandidek etibor qaratgan klub xodimlarini sog'inaman. Muxlislarni ham sog'inaman. Bu erdan muvaffaqiyat qozonganim va doimo yuz foizga borimni berganimni bilgan holda boshim baland ko'tarib ketmoqdaman”, deydi Villian.
32 yoshli futbolchi londonliklar libosida 339 o'yinda qatnashgan bo'lib, 63 ta gol urishga erishgan va yana 62 to'pga hammualliflik qilgan edi.
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *