Goal24.uz » Transfer » Kavanining keyingi manzili aniq, «Chelsi» yana bir transferni hal qilgan. So‘nggi transfer yangiliklari

Kavanining keyingi manzili aniq, «Chelsi» yana bir transferni hal qilgan. So‘nggi transfer yangiliklari

Автор: admin

Goal24.uz kunning asosiy transfer yangiliklarini taqdim etadi.
«PSJ»ni erkin agent sifatida tark etgan Edison Kavani faoliyatini «Benfika»da davom ettiradigan bo‘ldi. Kelishuvga ko‘ra, 33 yoshli urugvaylik hujumchi Portugaliyada yiliga 9 million yevro maosh oladi. Avvalroq Kavanining «Nyukasl»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar ko‘paygandi, ammo ingliz klubi saudiyaliklarga sotilmagach, «Benfika» «otni qamchiladi». Transfer shu kunlarda rasman e’lon qilinadi. (Manba: O Globo)
«Kristal Pelas» Jerar Делафеuni qo‘lga kiritmoqchi. Vilfrid Zaani bu yozda sotishni ko‘zda tutayotgan «burgutlar» unga o‘rinbosar qidirishmoqda va avvaliga «Uotford»ning boshqa bir vingeri Ismoil Sarrga e’tibor qaratishgandi. Ammo senegallik futbolchiga «Liverpul» jiddiy qiziqayotgani ma’lum bo‘lgach, asosiy e’tibor Delofeu variantiga qaratildi. Xabarlarda aytilishicha, «Kristal Pelas» ispaniyalik 26 yoshli futbolchini ijara asosida tarkibiga qo‘shib olmoqchi. (Manba: Evening Standard)
Katta ehtimol bilan «Uotford»ning hujumkor yarimhimoyachisi Roberto Pereyra shu yozda «Udineze»ga qaytadi. Har ikki klubning egasi Potssolar oilasi hisoblanadi, demak ushbu transferning amalga oshishi tekinga va hech qanday qiyinchiliksiz amalga oshadi. So‘nggi mavsumda 29 yoshli argentinalik futbolchi APLning 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 gol urgan. (Manba: Tuttosport)
«Everton» «Atletiko» vingeri Toma Lemarga qiziqish bildiryapti. Avvalroq Anchelotti jamoasini «Real»dagi sobiq shogirdi Xames Rodriges bilan kuchaytirmoqchi edi, lekin kolumbiyalik futbolchi «Atletiko»ga o‘tishni istayapti. Demak, «matraschilar» Lemarni arzonroq narxga sotib yuborishga rozi bo‘lishlari mumkin. Simeone jamoasi uchun juda katta narx hisoblangan 80 million yevroga Madridga kelgan Lemarning ishlari yurishmayapti. Ayniqsa, so‘nggi mavsumda 24 yoshli futbolchi 22 o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi. (Manba: Le10 Sport)
«Monako» «Shalke»ning markaziy yarimhimoyachisi Ueston Makkenni bilan muzokaralar olib boryapti. AQSH terma jamoasi futbolchisi yaqinda klubiga boshqa jamoaga o‘tmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. O‘tgan mavsumda 21 yoshli futbolchi Bundesligada 28 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol urgan. (Manba: L’Équipe)
Boshqa bir fransuz jamoasi «Lion» esa «Partizan» bilan yosh vinger Filip Stavanovich borasida kelishuvga erishish niyatida. Lionliklar serbiyalik 17 yoshli bo‘lajak yulduz uchun 15 million yevrodan voz kechishga tayyor. Stevanovich o‘tgan mavsumda 25 o‘yinda maydonga tushdi, 7 gol urib, uch marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi. (Manba: Mozzart Sport)
«Sauthempton»ning markaziy yarimhimoyachisi Per-Emil Hayberg ertaga «Tottenhem»da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va jamoaning yangi transferi sifatida rasman e’lon qilinadi. 25 yoshli norvegiyalik futbolchi uchun londonliklar 15 million funt to‘laydi. (Manba: Sky Sports)
«Arsenal» hujumchisi Aleksandr Lyakazettga «Atletiko» xaridor bo‘lmoqda. Yaqin kunlarda «to‘pchilar» Per-Emerik Obameyang bilan yangi shartnoma imzolashi kutilyapti va bu amalga oshsa, Lyakazettning ketish ehtimoli oshadi. Ma’lum qilinishicha, «Atletiko» fransiyalik 29 yoshli hujumchi uchun 30 million yevro bermoqchi. Hujumchi o‘tgan mavsumda 30 o‘yinda qatnashdi va 10 gol urib, 6ta assistni amalga oshirdi. (Manba: Daily Star)

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu shu yozdayoq jamoasini almashtirishi mumkin. Portugaliyalik yulduz jamoasining Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizligidan xafa va Turinni tark etmoqchi. Manbalarning yozishicha, parijliklar 35 yoshli futbolchi bilan aloqaga chiqishgan va uning agenti Jorje Mendesh bilan gaplashishgan. To‘g‘ri, bu holatlar «Yuventus»ga Andrea Pirlo tayinlanishidan avvalroq ro‘y bergan bo‘lishi va Ronaldu fikrini o‘zgartirishi ham mumkin. O‘tgan mavsumda Ronaldu barcha musobaqalarda 46 o‘yinda maydonga tushib, 37 gol urdi. Lekin, uning «Lion» darvozasiga amalga oshirgan dubli keyingi bosqichga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi. (Manba: Footmarcato)
«Benfika» birato‘la ikki braziliyalik futbolchi bilan tarkibini to‘ldirib oldi. Birinchisi «Boavishta»dan kelgan darvozabon Elton Leyte bo‘lsa, ikkinchisi «Fluminense»ning o‘ng qanot himoyachisi Jilberto. Har ikki futbolchi bilan shartnoma besh yilga mo‘ljallangan. (Manba: klub sayti)
«PSJ» «Real»ning iqtidorli vingeri Vinisius Juniorga qiziqish bildirmoqda. Braziliyalik futbolchi maydonga tushgan o‘yinlarda foydali harakat qilayotgan bo‘lsa-da, unga berilayotgan vaqtdan norozi. Aynan u to‘p suradigan pozitsiyada Eden Azar ham borligi Zidanning qo‘lini bog‘layotgan bo‘lishi mumkin. Ikki yil oldin «Flamengo»dan 45 million yevroga sotib olingan 20 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda 29 o‘yinda qatnashdi va 3 gol urib, 2 marta sheriklariga golli uzatma amalga oshirdi. (Manba: Marsa)
«Valyadolid» hujumchisi Markos Andrega «Espanol» va «Sent Eten» da’vogarlik qilishmoqda. Ispanlar dastlabki takliflarni rad qilishdi, ammo transfer borasida muzokaralarni davom ettirishga tayyorliklarini ma’lum qilishdi. Braziliyalik 23 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni Segundada, «Mirandes» tarkibida o‘tkazib, 38 o‘yinda 12 gol urgandi. (Manba: Diario AS)

«Bayer» yarimhimoyachisi Kay Haverts «Chelsi» bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi. Agar londonliklar «Bayer» bilan kelishuvga erishishsa, 21 yoshli futbolchi 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. Uning transfer summasi 80 million yevro atrofida baholanmoqda.
Shunga yaqin holatda bo‘lgan yana bir Bundesliga qahramoni Jeydon Sanchoning esa ishi hech yurib ketmayapti. «Borussiya» 20 yoshli futbolchi uchun 100 million funt talab qilgan va agar 10 avgust, ya’ni klub o‘z yig‘inlarini boshlaguncha transfer amalga oshmasa, Sancho sotilmasligini aytgan. «Manchester Yunayted» esa, Sancho bilan barcha masalani kelishib qo‘ygan holda, transfer summasini pasaytirmoqchi. Nemis nashrlariga ko‘ra, futbolchi yakunda sotilmay, kayfiyati tushib ketishi mumkinligining ham oldi olingan va mabodo transfer amalga oshmasa, «Borussiya» uning maoshi miqdorini sezilarli darajada oshirib, yangi shartnoma taklif qiladi. (Manba: Bild)

«Chelsi «Manchester Siti» himoyachisi Jon Stounzni sotib olish uchun muzokaralarga tayyor. Londonliklar 26 yoshli himoyachi uchun 20 million funt to‘lamoqchi. Angliyalik himoyachi so‘nggi paytlarda asosiy tarkibda ko‘rinmayapti, u o‘tgan mavsumda atigi 16 uchrashuvda maydonga tushirildi, xolos. Qizig‘i, bir paytlar aynan «Chelsi» futbolchi uchun xaridor bo‘lgan, ammo Stounz «Everton»dan «Manchester Siti»ga o‘tishni afzal ko‘rgandi. (Manba: Daily Mail)
«Tottenhem» «Arsenal»ning o‘ng qanot himoyachisi Ensli Meytlend-Naylzni sotib olmoqchi. Mourino ushbu futbolchini «Milan»ga ketishi mumkin bo‘lgan Serj Orega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. O‘tgan mavsumda 22 yoshli futbolchi 20 o‘yinda maydonga tushib, 2 assist muallifi bo‘lgan. (Manba: Star on Sunday)
«Byornli» hujumchisi Kris Vudning agenti futbolchini «Latsio»ga taklif qildi. Ma’lum qilinishicha, rimliklar ushbu hujumchini Chiro Immobilega o‘rinbosar sifatida sotib olmoqchi. 28 yoshli yangi zelandiyalik hujumchi o‘tgan mavsumda 32 o‘yinda maydonga tushdi va 14 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. (Manba: Corriere dello Sport)
Shu oyning oxirida «Chelsi»dagi shartnomasi yakuniga yetadigan Pedro «Roma» libosini kiyishi mumkin. Bu haqida ispaniyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntida «bildirdi». O‘tgan mavsumda 11 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urgan 33 yoshli futbolchi rimliklar safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. (Manba: Football Italia).
«Parma» «Gengam»ning markaziy himoyachisi Feliks Eboa-Eboaga qiziqish bildirmoqda. Kamerunlik 23 yoshli futbolchi «PSJ» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatining quyi divizionida 13 o‘yinda maydonga tushgan. (Manba: Get French Football News)
Bir qator yarimhimoyachilarini yo‘qotish arafasida turgan «Valensiya» «Monako» vingeri Keyta Baldega e’tiborini qaratdi. «Ko‘rshapalaklar» 25 yoshli futbolchini keyinroq sotib olish sharti bilan bir yillik ijaraga olmoqchi. Senegallik futbolchi uch yil oldin «Latsio»dan 30 million yevroga sotib olingandi. O‘tgan mavsumda u 21 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol urdi va yana 4 golga assisentlik qildi. (Manba: Foot Mercato)
«Brayton» himoyachisi Ben Uayt «Liverpul»ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Uayt o‘tgan mavsumni Chempionshipda, «Lids» tarkibida o‘tkazdi va 46 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 2 uzatmani amalga oshirdi. Ma’lumki, mersisaydliklar «Zenit»ga o‘tib ketgan xorvatiyalik himoyachi Deyan Lovrenga o‘rinbosar qidirmoqda. (Manba: Liverpool Echo)
285   
Добавить комментарий
Ваше имя: *