Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Konte Mourinoning tanqidiga javob berdi

Konte Mourinoning tanqidiga javob berdi

Автор: admin

«Inter» bosh murabbiy Antonio Konte «Tottenhem»dagi hamkasbi Joze Mourinoning tanqidiga javob berdi. Bu haqda italiyalik jurnalist Juzeppe Kappola xabar bermoqda.
Avvalroq, Joze Mourino Kristian Eriksenning «Tottenhem»dan «Inter»ga o‘tishi borasidagi savolga o‘z fikrini bildirib, murabbiylarning hali o‘z klublariga o‘tmagan boshqa jamoaga tegishli futbolchilar haqida gapirishlari noto‘g‘ri ekanligini aytib o‘tgandi. Sababi, Konte so‘nggi kunlarda Eriksen haqida maqtovli fikrlar bildirgan.
«Fikrim uchun Mourinodan uzr so‘rash? Yo‘q, o‘ylaymanki bu normal holat. Biz Joze bilan tanishmiz, o‘rtamizda hech qanday muammo yo‘q» - deya fikr bildirdi Konte.
Ma’lumot uchun, «Inter» va «Tottenhem» daniyalik yarimhimoyachi transferi borasida kelisha olmayapti. London klubi 20 million yevro so‘rayotgan bo‘lsa, Milan klubi 15 million yevrodan ko‘p pul bermasligini ma’lum qilgan.


142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *