Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi «Napoli»ga qarshi o‘yin tanaffusida jamoadoshlariga nima degani ma’lum bo‘ldi

Messi «Napoli»ga qarshi o‘yin tanaffusida jamoadoshlariga nima degani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

"Barselona" sardori Lionel Messi Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Napoli»ga qarshi o‘yin tanaffusida jamoadoshlariga murojaat bilan chiqqan.

"Keling, bexato o‘ynaymiz. Biz ikki to‘p farqi bilan oldinda boryapmiz. Shuning uchun xotirjam harakat qilishimiz kerak", — degan Messi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" birinchi bo‘limdan so‘ng 3:1 hisobida oldinda borayotgan edi. Ikkinchi bo‘limda darvozabonlarga boshqa to‘p kiritilmadi va hisob o‘zgarmay qoldi. "Barselona" 14 avgust kuni chorak final bosqichi doirasida "Bavariya"ga qarshi maydonga chiqadi.
Manba: soccernews.ru
90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *