Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Sterling «Real»ga qarshi bahs oldidan «Tottenhem» bilan o‘yinlar videosini ko‘rgan

Sterling «Real»ga qarshi bahs oldidan «Tottenhem» bilan o‘yinlar videosini ko‘rgan

Автор: admin

Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker «Manchester Siti» vingeri Rahim Sterlingning Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Real»ga (2:1) qarshi o‘yinga qanday tayyorlanganini aytib berdi.
«Men bu ma’lumotni bo‘lishishim yoki sir saqlashim kerakligini bilmayman. Biroq Sterling BT Sport bilan bog‘lanib, o‘tgan yilgi chorakfinal doirasidagi «Tottenhem»ga qarshi o‘yinlar videosini so‘radi.

Bu shunchaki o‘z o‘yinini tomosha qilish emasdi. U mag‘lubiyat tuyg‘usini, bu tuyg‘u u uchun nimani anglatishini eslashni xohladi. Ushbu holat Rahimning futbol haqida qanday fikrda ekanining yaqqol namunasidir», – deb Linekerning so‘zlarini keltiradi Manchester Evening News.
Ma’lumot uchun, «Siti» avvalgi mavsumda Chempionlar Ligasi chorakfinalida «Tottenhem»ga (0:1, 4:3) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etgan. O‘shanda Sterlingning 93-daqiqada kiritgan to‘pi VAR orqali bekor qilingandi.
53   
Добавить комментарий
Ваше имя: *