Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Tottenhem» yana ochko yo‘qotdi

APL. «Tottenhem» yana ochko yo‘qotdi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 23-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvda Joze Mourino boshchiligidagi «Tottenhem» klubi safarda «Uotford» mehmoni bo‘ldi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limida mezbonlar penaltidan hisobni ochishlari mumkin edi, ammo Dinining zarbasini Gassaniga qaytardi.
O‘yin oxirigacha hisob ochilmadi va jamoalar nursiz durang qayd etishdi. Ushbu durangdan keyin London klubi 31 ochko bilan hozircha 7-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Uotford» 23 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.
APL. 23-tur
18 yanvar (shanba)
Uotford – Tottenhem - 0:0

Uotford – Foster, Mariappa, Ketkart, Douson, Mazina, Dukure, Kapu, Chaloba (Pereyra, 79), Sarr (Pussetto, 89), Dini, Deulofeu.
 Tottenhem – Gassaniga, Ore, Tanganga, Alderveyreld, Vertongen, Alli (Eriksen, 73), Lo Chelso (Jedson Fernandesh, 80), Lukas Moura, Lamela, Son Xyon Min, Uinks.
 Ogohlantirishlar: Tanganga (19), Kapu (35), Uinks (60), Dukure (60), Vertongen (69).


168   
Добавить комментарий
Ваше имя: *