Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Jeydon Sancho katta ehtimol bilan «Manchester Yunayted»ga o‘tmaydi

Jeydon Sancho katta ehtimol bilan «Manchester Yunayted»ga o‘tmaydi

Автор: admin

«Borussiya Dortmund» klubining ingliz yarimhimoyachisi Jeydon Sancho jamoasi bilan Shveysariyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jo‘nab ketdi.
Bu esa katta ehtimol bilan yosh iqtidorning «Manchester Yunayted»ga o‘tmasligini anglatadi. «Borussiya Dortmund» mankunianliklardan dushanba kunigacha bitimni hal etishni talab qilgan edi. Ammo bu amalga oshmadi.
Avvalroq, «Borussiya Dortmund» Sancho uchun 120 mln yevro so‘ragani va bu qiymatni pasaytirishni istamagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda futbolchi «Borussiya Dortmund» tarkibida barcha musobaqalarda 44ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi.
48   
Добавить комментарий
Ваше имя: *