Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YeCHLda hafta qahramoni aniqlandi

YeCHLda hafta qahramoni aniqlandi

Автор: admin

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Levandovski 8 avgust kuni YeCHL 1/8 final javob o‘yini doirasida «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (4:1) dublini rasmiylashtirgan va bitta golga hammualliflik qilgandi.
Myunxen klubi turnirning chorak final bahsida 14 avgust kuni «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Portugaliya poytaxti Lissabondagi «Eshtadiu du Benfika» stadionida o‘tkaziladi. Juftlik g‘olibi yarimfinalda «Manchester Siti» — «Lion» juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Levandovski YeCHL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘ringa chiqib oldi. Polshalik futbolchi ushbu turnirda jami 66ta golga mualliflik qilgan. 
Eslatib o‘tamiz, hafta o‘yinchisi bo‘lish uchun Levandovskidan tashqari, Krishtianu Ronaldu (Yuventus), Lionel Messi (Barselona) va Kayl Uoker (Manchester Siti) da’vogarlik qilgandi.
99   
Добавить комментарий
Ваше имя: *