Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Messi «Inter»ga o‘tmoqchimi? Leo otasi kabi Milandan uy sotib oldi

Messi «Inter»ga o‘tmoqchimi? Leo otasi kabi Milandan uy sotib oldi

Автор: admin

"Mediaset"ning xabar berishicha, Leo Messi otasining ortidan o‘zi ham "Inter" bosh qarorgohi qarshisidagi binodan uy sotib olibdi. Albatta, "Viale della Liberazione"da joylashgan Torre Solaria futuristik binosidan olingan bu uy oddiy sarmoya bo‘lishi ham mumkin, lekin, shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi, deganlaridek...
"La Gazzetta dello Sport" anchadan beri Messi kelajagini "Inter" bilan bog‘lashi mavzusiga urg‘u bermoqda. Endi "Sport Mediaset" ham bu mavzuga e’tibor qaratmoqda. Bu masalada ko‘p narsa Messining "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirish yoki uzaytirmaslik qaroriga bog‘liq. Agar Messi yangi shartnoma imzolashdan bosh tortsa, "Suning" va "Inter" yurish qilishga shay. Mish-mishlarga qaraganda, "Suning" allaqachon Messini "Inter"ga olib kelishni moddiy qo‘llab-quvvatlashga tayyor homiylarni topib qo‘ygan.
Manba: https://t.me/beneamatauz
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *