Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga o‘tmaydi. U “Borussiya D” bilan shartnomasini uzaytirdi

Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga o‘tmaydi. U “Borussiya D” bilan shartnomasini uzaytirdi

Автор: admin

“Borussiya D” hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho dortmundliklar safida qoladi. Bu haqida klub sport direktori Mixael Sork ma’lum qildi.
Sancho borasida o‘z rejalarimiz bor. U 2020/21-yilgi mavsumda ham jamoada qoladi. Bu yakuniy qaror. O‘ylashimcha, bu barcha savollarga javob bo‘ldi.
2019-yilda Jeydonning o‘yin sifati o‘zgarishi bilan uning maoshini shunga yarasha oshirganmiz. Shunday ekan, o‘sha vaqtda u bilan amaldagi kelishuv 2023-yilga qadar uzaytirilgan deb hisoblayvering.
Mixael Sork, “Borussiya D” sport direktori
Avvalroq Sancho “Manchester Yunayted” o‘tishga yaqin ekani va ingliz klubi o‘yinchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib qo‘ygani xabar qilingandi. Biroq klublar Jeydonning transfer narxi borasida kelisha olmagan.
20 yoshli futbolchi 2019/20-yilgi mavsum Bundesligada 32 o‘yin o‘tkazib, 17 gol va 16 ta golli uzatma muallifiga aylandi
69   
Добавить комментарий
Ваше имя: *