Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kroos faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni aytdi, u Zidan emas

Kroos faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni aytdi, u Zidan emas

Автор: admin

«Real» yarimhimoyachisi Toni Kroos o‘zi bilan birga ishlagan murabbiylar ichida eng yaxshisini tanladi.
«Albatta, menda yuqori darajadagi murabbiylar ko‘p edi. Xosep Gvardila bilan o‘tgan yil juda ajoyib bo‘lgan va u meni yanada rivojlantirdi. Madridda Zidan bilan o‘tkazgan yillarim – eng muvaffaqiyatlisi. 
Ammo eng yaxshi murabbiyni tanlashim kerak bo‘lsa, bu – Yupp Haynkes. U menga «Bayer»da qolishimga, «Bavariya»da o‘sishimga yordam berdi. Uning sharofati bilan yuqori darajali o‘yinchiga aylandim», – deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Ma’lumot uchun, Kroos yakunlangan mavsumda «Real» bilan La Ligada g‘olib bo‘ldi. Ispaniya chempionati doirasida 35ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol va 5ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *