Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Immobile «Latsio»dan tashqari qaysi klubga ishqibozlik qilishini aytdi

Immobile «Latsio»dan tashqari qaysi klubga ishqibozlik qilishini aytdi

Автор: admin

«Latsio» hujumchisi Chiro Immobile «Napoli»ga muxlislik qilsa-da, faoliyatining yakunigacha Rim klubida qolmoqchi ekanligini ta’kidladi.
«Faoliyatimning oxirigacha «Latsio»da qolmoqchiman. Amaldagi shartnomamni yana 3 yilga uzaytirib, 2025 yilgacha shu yerda o‘ynayman. O‘shanda 35 yoshda bo‘laman. 
«Latsio»ga o‘tishimdan avval men bir necha marotiba «Napoli»ga o‘tishga juda yaqin kelgandim. Biroq har safar kelishuv yakuniy pallada amalga oshmay qolgan. Neapol – men tug‘ilib o‘sgan shahar, bu jamoaning o‘yinini har doim katta qiziqish va muxlis sifatida tomosha qilaman. Ammo «Latsio» menga bergan va berayotgan har bir lahza bebahodir», - deydi Immobile Corriere dello Sport’ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Rim jamoasida 2016 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Immobile joriy mavsumda 34 gol bilan «Oltin butsa»ga ega chiqdi.
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *