Goal24.uz » Jahon » 2020 yilgi «Oltin to‘p» FIFA tomonidan topshirilishi mumkin

2020 yilgi «Oltin to‘p» FIFA tomonidan topshirilishi mumkin

Автор: admin

2020 yilgi «Oltin to‘p» topshirilishi mumkin.
Avvalroq, France Football nashri koronavirus pandemiyasi tufayli sovrinni topshira olmasligini e’lon qilgan edi. Ammo FIFA tashabbusni «qo‘liga olishi» mumkin. Bu haqda «Bavariya» klubining boshqaruv raisi Karl-Xayns Rummenigge xabar berdi.
«Infantino bilan telefon orqali suhbatlashdim. FIFA 2020 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirishni jiddiy muhokama qilmoqda», - dedi u.
«Oltin to‘p» sovrini 1956 yilda France Football tomonidan ta’sis qilingan. 2010 yilda «Oltin to‘p» sovrini bilan FIFAning «Yil futbolchisi» sovrini birlashtirilib, «FIFA Oltin to‘pi»ga aylantirilgan. 2016 yildan boshlab FIFA va France Football o‘rtasidagi hamkorlik bekor qilingan va sovrinni yana mashhur jurnal topshira boshlagan edi.
61   
Добавить комментарий
Ваше имя: *