Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» «Barselona» futbolchisini Sancho o‘rniga zaxira transfer varianti sifatida ko‘rmoqda

«MYU» «Barselona» futbolchisini Sancho o‘rniga zaxira transfer varianti sifatida ko‘rmoqda

Автор: admin

«Manchester Yunayted» «Barselona» vingeri Usmon Dembelega qiziqish bildirmoqda, deya yozadi ESPN.
Manbaning xabar berishicha, klub «Borussiya» xavbeki Jeydon Sanchoning o‘rniga zaxira varianti sifatida «Barselona» vingeri Usmon Dembeleni ko‘z ostiga olgan. Sancho haligacha «Manchester Yunayted»ning transfer oynasidagi asosiy maqsadi sanalsa-da, futbolchining transfer narxi juda yuqori ekanligi sababli manchesterliklar boshqa variantlarni ham o‘rganishmoqda. 
«Manchester Yunayted» 23 yoshli fransuz futbolchisi bo‘yicha allaqachon norasmiy muzokaralarni o‘tkazgan. Dembeleni keyinchalik sotib olish majburiyati bir yilga ijaraga olish masalasida «Barselona» bilan muzokara olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Dembele jarohati sababli o‘tgan mavsumda La Ligada jami 5 o‘yinda maydonga tushgandi.
Avvalroq, nemis klubi Sancho uchun 120 million yevro transfer puli so‘rayotgani haqida xabar qilingan edi.
53   
Добавить комментарий
Ваше имя: *