Goal24.uz » Transfer » Pirlo jamoaga keraksiz futbolchi nomini aytdi

Pirlo jamoaga keraksiz futbolchi nomini aytdi

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Siti” va “Barsa” kelisha olmayapti

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi “Siti” himoyachisi Erik Garsiyaning transferidan voz kechishga qaror qilgan.
ESPN nashrining ma’lum qilishicha, “shaharliklar” o‘z himoyachisini 30 millionga baholamoqda.
“Barselona” esa, 19 yoshli futbolchi uchun 15 million taklif etmoqda. Agar bu summa “Siti”ni qoniqtirmasa, kataloniyaliklar ushbu transferni kelasi mavsumga qoldirishga qaror qilgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi qishda Erik bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishga holda uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish varianti ham ko‘rib chiqmoqda.
Uning narxi ma’lum

Ispaniyaning “Sevilya” klubi o‘z himoyachisi Diyego Karlosning transfer qiymatini “Liverpul” jamoasiga ma’lum qildi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, Andalussiyaliklar 27 yoshli markaziy himoyachini 68 million funt sterling evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, Yurgen Klopp jamoani yozda tark etgan Deyan Lovrenning o‘rnini aynan Karlos bilan to‘ldirishni reja qilmoqda.
Shmeyxel ketadimi?

Angliyaning “Lester” jamoasi darvozaboni Kasper Shmeyxel yozda APL gradlaridan biri safini to‘ldirishi mumkin.
“The Times” nashriningma’lumqilishicha, 33 yoshlikipperninghizmatlaribilanLondonning “Chelsi” jamoasijiddiyqiziqibqolgan. Manbaning ma’lum qilishicha, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari kipper uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, darvozabonning “Lester” bilantuzganshartnomasi 2023 yilgaqadaramalqiladi. Uning transfermarket nashri 9,5 millionga baholamoqda.
Xeyborg “Tottenhem”da!

Angliyaning “Sautgempton” jamoasi yarim himoyachisi Emil Xeyberg o‘z faoliyatini “Tottenhem”da davom ettirishga juda yaqin turibdi.
“Sky Sport ”ning ma’lum qilishcha, “shporlar” uni qo‘lga kiritish uchun 15 milliondan voz kechishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, tez orada “Tottenhem” rasman ushbu ma’lumotni tasdiqlaydi. 
Pirlo jamoaga keraksiz futbolchi nomini aytdi

Turinning “Yuventus” jamoasi ustozi Andrea Pirlo yozda tarkibni tozalamoqchiki ekanligini yashirib o‘tirmayapti. Biroz avvalroq uning bir yo‘la 7 ta futoblchini sotuvga qo‘yishi haqida ma’lumot bergan edik.
Endilikda, “Mirror” nashri Pirloning qora ro‘yxatidagi yana bir futbolchi nomini oshkor qildi.
Unga ko‘ra, Sarri tomonidan jamoaga jalb etilgan Aaron Remzi yozda Turinni tark etadi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Aaronning haftasiga 250 ming yevro maosh olishi sababli Pirlo uni klubda olib qolmoqchi emas.
98   
Добавить комментарий
Ваше имя: *