Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard “Real” futbolchisiga ko‘z tikkan

Lempard “Real” futbolchisiga ko‘z tikkan

Автор: admin

U hozirgi holatidan norozi.
Londonning “Chelsi” klubi ustozi Frenk Lempard hozirda “Real” futbolchisi hisoblangan Vinisius Juniorni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Angliyalik mutaxassis yosh vingerni tez-tez jarohat olayotgan Kristian Pulishichga raqobatchi sifatida xarid qilmoqchi.
O‘z navbatida, braziliyalik iste’dod sohibi ham “Real”dagi o‘rnidan rozi emas. Ayniqsa, Chempionlar Ligasi doirasida “Manchester Siti” bilan kechgan bahsda uning zaxirada qolganligi ko‘plab savollarni keltirib chiqardi. “Aristokratlar”dan tashqari, Juniorga PSJ klubi ham jiddiy qiziqish bildirib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius madridliklar safiga 2018 yil “Flamengo” klubidan kelib qo‘shilgan. Uning jamoa bilan shartnomasi 2025 yil 30 iyungacha amal qiladi.
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *