Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar Ligasi saralash bosqichi o‘yini koronavirus tufayli o‘tkazilmadi

Chempionlar Ligasi saralash bosqichi o‘yini koronavirus tufayli o‘tkazilmadi

Автор: admin

Chempionlar Ligasi 2020/21 mavsumining dastlabki saralash bosqichi final o‘yini koronavirus tufayli o‘tkazilmadi.
Kosovoning «Drita» va Shimoliy Irlandiyaning «Linfild» klublari o‘rtasidagi bahs 11 avgust kuni Shveysariyaning Non shahrida o‘tkazilishi lozim edi. O‘yin g‘olibi 1-saralash bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritardi.
7 avgust kuni «Drita» futbolchilaridan birining koronavirus testi musbat natijani berdi va u karantinga olindi. Ammo o‘yinga 1 kun qolganida yana bir futbolchida koronavirus borligi aniqlandi. Shundan so‘ng UEFA Shveysariya sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari bilan «Drita» klubining barcha a’zolarini karantinga oldi. 
Bu o‘yin natijasi bo‘yicha qaror keyinchalik qabul qilinadi. Yangi tartibga ko‘ra, UEFA o‘yinda ishtirok etolmagan klubga texnik mag‘lubiyat yozishi mumkin.
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *