Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Lionel Messi Milandan uy sotib oldi. Futbolchiga “Inter”dan qiziqish bor

Lionel Messi Milandan uy sotib oldi. Futbolchiga “Inter”dan qiziqish bor

Автор: admin

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Milan shahridan ko‘chmas mulk sotib oldi, deya xabar qilmoqda La Gazzetta dello Sport.
Argentinalik futbolchi Porta-Nuova tumanidan uy sotib olgan.
Avvalroq uning otasi Xorxe Messi ham Milandan ko‘chmas mulk sotib olgandi. Biroq bu Messining kelajagiga aloqasi yo‘qligi va Xorxe o‘z biznesini soliqlar tufayli Ispaniyadan Italiyaga ko‘chirayotgani aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Messiga “Inter” klubidan qiziqish bor. Milanliklar futbolchini 2021-yilda tekinga qo‘lga kiritishni maqsad qilgan va unga 4 yil ichida 260 million yevro maosh to‘lashga tayyor.
Messi Primera joriy mavsumida 33 o‘yinda maydonga tushib, 25 gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
55   
Добавить комментарий
Ваше имя: *