Goal24.uz » Yevropa ligasi » Yevropa ligasi. «Sevilya» yarimfinalga yo‘llanma oldi

Yevropa ligasi. «Sevilya» yarimfinalga yo‘llanma oldi

Автор: admin

Yevropa ligasi chorakfinal doirasidan o‘rin olgan «Vulverhempton» - «Sevilya» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvning dastlabki bo‘limida Adama Traore ajoyib reydi evaziga jarima maydoniga yorib kirib, penalti ishlagandi. Biroq to‘pga yaqinlashgan meksikalik forvardning zarbasini ispaniyaliklar posboni Bunu qaytarib qoldi.
Ikkinchi bo‘limning 88-daqiqasida esa Okampos hal qiluvchi golga mualliflik qilib, «Sevilya»ga yarimfinal yo‘llanmasini taqdim etdi.
Xulen Lopetegi shogirdlari navbatdagi bosqichda «Manchester Yunayted» raqibiga aylanishadi. O‘yin 16 avgust kuni Germaniyada o‘tadi.
Yevropa ligasi. 1/4 final. 11 avgust
Vulverhempton Angliya – Sevilya Ispaniya 0:1
Gol: 0:1 – 88 Okampos.
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Ruben Vinagre, Boli, Koudi, Doerti, Moutinyu (Netu, 71), Saiss, Ruben Nevesh, Dendonker, Traore (Diogu Jota, 79), Himenes.
Sevilya – Bunu, Navas, Regilon, Kunde, Diyego Karlos, Jordan (Vaskes, 85), Banega, Suso (Munir, 89), Fernando, Okampos, En-Nesiri (de Yong, 85).
Amalga oshirilmagan penalti: Raul Himenes (29)
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *