Goal24.uz » Yevropa ligasi » Yevropa ligasi yarimfinal juftliklari va o‘yinlar sanasi ma’lum

Yevropa ligasi yarimfinal juftliklari va o‘yinlar sanasi ma’lum

Автор: admin

Bugun, 11 avgust kuni Germaniyada Yevropa ligasi chorak finali doirasidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetib, yarimfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi.
Ukrainaning «Shaxtyor» klubi Shveysariyaning «Bazel» klubi ustidan yirik (4:1) hisobda g‘alaba qozonib, yarimfinalga yo‘llanma olgan bo‘lsa, parallel kechgan bahsda Ispaniyaning «Sevilya» klubi Angliyaning «Vulverhempton» jamoasi ustidan 88-daqiqada kiritilgan yagona gol (1:0) evaziga qiyin g‘alabaga erishib, yarimfinalning so‘nggi yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Natijada turnir setkasiga binoan, «Sevilya» yarimfinalda «Manchester Yunayted» raqibiga aylangan bo‘lsa, «Shaxtyor» final yo‘llanmasi uchun «Inter» bilan kurash olib boradi. Finalchilar 16-17 avgust kunlari Germaniyada bitta o‘yindan iborat bahsda aniqlanadi.
Yevropa ligasi. Yarimfinal.
16 avgust (yakshanba)
«Sevilya» - «MYU»
O‘yin boshlanish vaqti: 23:59
17 avgust (dushanba)
«Inter» - «Shaxtyor»
O‘yin boshlanish vaqti: 23:59.
86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *