Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Roma” qimmatlatdi

Rimning “Roma” jamoasi yozda transferga qo‘yilishi taxmin qilinayotgan vingerlarining transfer summasini ma’lum qildi.
LGDS nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, “Roma” Jastin Klyuvert va Jengiz Underni 30 milliondan kamiga sotmoqchi emas.
Esatib o‘tamiz, “Roma” jamoa bosh murabbiyi Fonsekaning o‘rniga Pochettinoni taklif etish ustida bosh qotirmoqda.
“Arsenal” Gunduzini almashtiradi

Londonning “Arsenal” jamoasi yozda klubni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Matteo Gunduzining o‘rnini Morgan Sanson bilan to‘ldirmoqchi.
“Daily Star” nashrining ma’lum qilishicha, “Marsel” futbolchisi bilan “koninirlar” allaqachon aloqaga chiqqan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Arsenal” Gunduzini PSJga 40 million yevro evaziga sotib yuborishni reja qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sansoni transfermarket portali 22 million yevorga baholamoqda.
Edegor qaytadimi?

Madridning “Real” jamoasi ayni damda ijara asosida “Real Sosdad” sharafini himoya qilayotgan Martin Edegorni ortga qaytaradi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, shaxsan Zidan Edegorni ortga qaytarish niyatida.
Manbaning ma’lum qilishicha, shu yo‘sinda murabbiy transferlarsiz ham ichki raqobatni kuchaytirishni reja qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli norvegiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol+9 ta assistni amalgam oshirdi.
Dembele “qizil iblis”?

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Usman Dembele faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin.
ESPN nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” Jeydon Sanchodan umidini uzdi va bor e’tiborini Kataloniya klubi futbolchisiga qaratdi.
“Qizil iblislar” Dembeleni bir mavsumga sotib olish sharti bilan ijaraga olishni reja qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Dembele jarohatlar sababli “La Liga”ning atigi 5 ta o‘yinida maydonga tushdi holos.
Beyli ketadimi?

Germaniyaning “Bayer” jamoasi vingeri Leon Beyli o‘z faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
“Sky Sport” nashrining ma’lum qilishicha, 23 yoshli futbolchining hizmatlari bilan “Everton” klubi jiddiy qiziqib qolgan va ushbu transfer uchun 30 million yevrodan voz kechishga tayyor.
Shuningdek, Beyli bilan “Tottenhem” klubi ham shartnoma imzolash niyatida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Beyli Bundesliganing 22 ta o‘yinida maydonga tushdi va 5 ta gol+ 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *