Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barsa” himoyadagi muammosiga echim topdi

“Barsa” himoyadagi muammosiga echim topdi

Автор: admin

Bu foydali kelishuv bo‘lishi aniq.
“Barselona” anchadan beri chap qanot himoyasida Albaga munosib voris qidirib kelmoqda. Katta umidlar bilan Kataloniyaga olib kelingan Xunior Firpo ishonchni oqlay olmayapti. Navbatdagi variant esa Xose Luis Gayya. “Ko‘rshapalaklar” himoyachisi uchun “ko‘k-anorranglilar” 50 mln evrodan voz kechishga tayyor.
Pandemiya tufayli moliyaviy inqirozga duch kelgan “Valensiya” jamoasi yaqindagina Ferran Torresni “Manchester Siti”ga sotishga majbur bo‘lgan edi. Endi ular Gayya transferi orqali yanada kattaroq foyda ko‘rishlari mumkin. Aytish mumkinki, hozirgi paytda bu transfer ikkala tomon uchun ham birdek manfaatli.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik himoyachining amaldagi shartnomasi 2023 yil 30 iyungacha amal qiladi.
102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *