Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Tuxel «Atalanta» bilan o‘yin oldidan jarohatlangan Mbappe va Verrattining holati haqida gapirdi

Tuxel «Atalanta» bilan o‘yin oldidan jarohatlangan Mbappe va Verrattining holati haqida gapirdi

Автор: admin

«PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Atalanta»ga qarshi bahs oldidan jarohat olgan futbolchilarining holati haqida gapirdi.
«Kilian Mbappe haqida aytadigan bo‘lsam, amaliyot shu tarzda ketsa va g‘ayrioddiy narsa yuz bermasa, u o‘yin qaydnomasida bo‘ladi.
Marko Verrattiga kelsak, kutish va sabr qilish kerak. U o‘tgan hafta umuman ishlay olmadi, 2 kun avval yugurishni boshladi. Marko asta-sekin holatini tiklay boshlaydi», – deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, «PSJ» – «Atalanta» o‘yini bugun, 12 avgust kuni Lissabonda bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *