Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» futbolchilaridan birida koronavirus aniqlandi

«Barselona» futbolchilaridan birida koronavirus aniqlandi

Автор: admin

Kataloniyaning «Barselona» klubi jamoa a’zolaridan birida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yangi mavsumga «Barselona» yig‘iniga kirishgan oxirgi 9 futbolchidan birida Covid-19 testi musbat natija bergan. Oldinroq Pedri, Trinkao, Matius Fernandes, Todibo, Mussa Vage, Karlos Alenya, Rafinya, Miranda va Oriol Buskets kabi yosh futbolchilar jamoa mashg‘ulotiga kirishgani ma’lum bo‘lgandi. Mana shu futbolchilardan birida virus aniqlangan.
Klub rasmiy saytida yozilishicha, virus aniqlangan futbolchi tezda o‘z uyida karantinga olingan, u bilan kontaktda bo‘lganlar PZR laboratoriyasida test topshirgan. Ma’lum bo‘lishicha, koronavirus aniqlangan futbolchi «Barselona»ning asosiy tarkib futbolchilari bilan kontaktda bo‘lmagan.
«Barselona» YeCHL chorakfinalining bitta o‘yindan iborat bahsida 14 avgust kuni Lissabonda «Bavariya» bilan o‘ynaydi. Jamoa a’zolari ertaga o‘yinni o‘tkazish uchun Lissabonga uchib ketishadi.
83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *