Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Koutino «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin

Koutino «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin

Автор: admin

Mavsumni ijara asosida «Bavariya»da o‘tkazayotgan Filippe Koutino Chempionlar ligasi 1/4 final o‘yini doirasida huquqiy jihatdan tegishli bo‘lgan jamoasi «Barselona»ga qarshi maydonga tushishi mumkin. 
Marca’ning yozishicha, Kataloniya klubi YeCHL pley-off bosqichida «Bavariya»ga qarshi maydonga tushishi ehtimoli borligini inobatga olmagani bois, Myunxen klubi bilan ijara shartnomasi tuzilayotganda Koutinoning «Barsa»ga qarshi maydonga tushmasligi haqida band kiritilmagan. 
Nashrning qayd etishicha, Kingsli Koman «Barselona»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi sababli uning o‘rniga katta ehtimol bilan Koutino maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, braziliyalik yarimhimoyachi joriy mavsumda myunxenliklar safida Bundesligada 23 o‘yinda maydonga tushib, 8ta golga mualliflik qilgan, 7ta golga esa hammuallif bo‘lgan.
46   
Добавить комментарий
Ваше имя: *