Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Latsio» o‘z maydonida «Sampdoriya»ni tor-mor etdi, Immobiledan xet-trik

A Seriya. «Latsio» o‘z maydonida «Sampdoriya»ni tor-mor etdi, Immobiledan xet-trik

Автор: admin

Italiya chempionatining 20-turida «Latsio» Rimda «Sampdoriya»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Maydon egalari tarkibida Chiro Immobile xet-trikka erishdi.
Shu tariqa «Latsio» qatorasiga 11-g‘alabasiga erishib, 45 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. «Sampdoriya» esa 19 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.
A Seriya, 20-tur
Latsio – Sampdoriya 5:1
18 yanvar, «Stadio Olimpiko»

Gollar: Kaysedo (7), Immobile (17 penalti, 20, 65 penalti), Bashtush (54) – Linetti (71).
Latsio: Strakosha, Radu (Bashtush, 49), Acherbi (Vavro, 66), Gabarron, Latssari, Luis Alberto, Milinkovich-Savich, Leyva, Xoni Rodriges, Immobile, Kaysedo (Adekane, 58). 
Sampdoriya: Audero, Kolli, Bereshinski, Shabo, Murru (Aujello, 63), Torsbyu, Ronaldu Viyeyra, Yankto (Ekdal, 46), Linetti, Kaprari, Gabbyadini (Bonatssoli, 71).
Ogohlantirishlar: Ronaldu Viyeyra (31), Kolli (62), Adekane (68).
Chetlatish: Shabo (73).


185   
Добавить комментарий
Ваше имя: *